Rasman: Zabixillo O'rinboev "Metallurg"ga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Yangi yilning birinchi haftasida Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'z tarkibini yangi o'yinchilar bilan to'ldirmoqda. O'z vaqtida bekobodliklar sharafini himoya etgan futbolchilardan yana biri “Metallurg”ga qaytdi. Zabixillo O'rinboev bilan ikki yillik shartnoma imzolandi.
Zabixillo O'rinboev 26 yoshda. 1995 yilning 30 mart sanasida Toshkent shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini “Bunyodkor” jamoasida boshlagan. “Olmaliq”, “Paxtakor”, “Metallurg” va “Navbahor” jamoalarida o'ynagan. Elitada 134 ta o'yinda maydonga chiqqan. 7082 daqiqa to'p surgan. 11 ta gol kiritgan. 10 ta sariq kartochka bilan jazolangan.
Zabixillo O'rinboev yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni (2018) bo'lgan. O'zbekiston chempioni (2013), vitse chempioni (2016). O'zbekiston kubogi (2013) va Superkubogi (2014)sohibi. Zabixillo “Metallurg”ga erkin agent sifatida “Navbahor”jamoasidan kelib qo'shildi.
Manba: t.me/fcmetallurguz

Bosh sahifaga
318