Xadson Odoi yana rekord o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 955

Angliya terma jamoasi hujumchisi Kallum Xadson-Odoi Evro-2020 saralash bosqichida Chernogoriyaga qarshi o'yinda ilk daqiqalardan maydonga tushdi.
18 yosh va 139 kunlik futbolchi, Runidan so'ng, Angliya safida rasmiy uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Ta'kidlab o'tish joiz, Ueyn Runi 2003 yil Turkiyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. O'sha vaqtda u 17 yosh va 160 kunlik bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203