A seriya Covid-19 bilan bog'liq yangi protokolni tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

A Seriya koronavirus pandemiyasi davrida o'yin o'ynash uchun yangi protokolni rasman tasdiqladi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Italiyada Covid-19 bilan bog'liq vaziyat yaxshilangani uchun bu mavsum boshida bunday protokol yo'q edi. Ammo dekabr oyida klublarda yana kasallikning avj olishi boshlandi.
Yangi protokolga ko'ra, jamoada 13 nafar sog'lom futbolchi bo'lsa, o'yin o'tkazishi mumkin. Uchrashuvga 2003 yil 31 dekabrdan oldin tug'ilgan, o'yindan kamida bir kun oldin Covid-19 testi manfiy chiqqan futbolchilar ishtirok etishi mumkin.
Agar jamoada kamida 13 nafar shunday o'yinchi, shu jumladan bitta darvozabon bo'lsa, lekin u o'yinga kelmasa, bunday jamoa 0:3 hisobida mag'lub bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
323