"Barselona" de Yong va Arauxoning jarohatlari haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

"Barselona" rasmiy sayti himoyachi Ronald Arauxo va yarim himoyachi Frenki de Yongning ahvoli haqida ma'lumot berdi. Futbolchilar chorshanba oqshomida Ispaniya kubogi doirasida "Linares"ga qarshi o'yinda jarohatlanishdi.
Arauxo o'ng qo'lining ikkita suyagi singan. 7 yanvar, juma kuni futbolchi operatsiya qilinadi.
De Yong, o'z navbatida, chap oyog'ining mushaklari cho'zilganini ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" safarda "Linares"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, mamlakat kubogining keyingi bosqichiga yo'l oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
331