Gvardiola koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola koronavirusga chalindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ispaniyalik murabbiy ertaga Angliya kubogining 3-bosqichi doirasidagi "shaharliklar"ning "Suindon"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi. Bundan tashqari, Gvardiolaning yordamchisi Xuanma Lilloda ham koronavirus aniqlangan.
Shu tariqa, “Manchester Siti”da koronavirus bilan kasallanganlar soni 21 nafarga etdi – 14 nafar klub xodimi va 7 nafar futbolchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318