“Borussiya Dortmund” Xoland uchun “bomba” shartnoma taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Dortmundning “Borussiya” klubi rahbarlari norvegiyalik futbolchi Erling Xolandni jamoada olib qolish uchun bor kuchlarini ishga solishmoqda.
“Todofichajes” nashrining ma'lum qilishicha, “asalarilar” futbolchining maoshini jiddiy ravishda oshirishga tayyor. Nemis klubi Erlingga yiliga rekord darajadagi 16 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. “Borussiya” tarixida hech bir futbolchi bunday pul olmagan.
Xolandga Evropaning bir qancha gigantlari da'vogarlik qilmoqda. “Real”, “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Siti” norvegiyalik futbolchini jamoasiga taklif qilmoqchi. Gigantlar yozgi transfer oynasida hujumchi uchun “ov uyushtirish”ni rejalashtirmoqda.
21 yoshli hujumchi joriy mavsumda 11 o'yinda 13 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
335