"Arsenal" 20 ming funt-sterling miqorida jarimaga tortildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Arsenal" Angliya futbol birlashmasi tomonidan jazolandi. Bu haqida FA spikerining rasmiy Twitter sahifasida ma'lum qilindi. Unda shunday deyiladi:
"Shuni ma'lum qilamizki, "Arsenal" futbol klubi shanba kuni (1.01.2022) "Manchester Siti"ga qarshi bahsda Futbol birlashmasining E20,1 moddasini buzgani uchun jarimaga tortildi. Unda klub futbolchilari o'yinning 59 daqiqasida o'zlarini qoidalarga muvofiq tutishdan chekinishgan".
Eslatib o'tamiz, jazo 20 ming funt-sterling mablag' to'lashni hamda qizil olgan Gabrielning bir nechta o'yinni o'tkazib yuborishini ko'zda tutadi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
332