Sadio Mane jamoasi Kamerunga vaqtida etib bora olmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Senegal milliy terma jamoasining uchta futbolchisida koronavirus aniqlandi. Xabarlarga ko'ra, Afrika chempionati oldidan Kamerunga jo'nab ketishi kerak bo'lgan futbolchilar ichida virusga chalinish holatlari aniqlangan.
Shuningdek, jamoaning yana 6ta texnik va ma'muriy a'zolarida ham infektsiya yuqtirib olish holatlari qayd etilgan. Shu sabab terma jamoaning Kamerunga parvozi vaqtincha qoldiriladigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Senegal turnirning B guruhidan joy olgan bo'lib, 10 yanvar kuni Zimbabvega qarshi maydonga tushishi kerak edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
332