Manba: Dembele yangi jamoasi bilan allaqachon kelishuvga erishib bo'lgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328

Xabar qilinishicha, Usmon Dembele yozda PSJ tarkibiga borib qo'shilishi bo'yicha shartnoma oldidan kelishuvga erishgan.
Kataloniya nashri El Nacional xabariga ko'ra, Usmon Dembele yozgi transfer oynasida PSJga o'tishga yaqin turibdi. "Barselona" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmagan Usmon yozda erkin agent sifatida parijliklar safiga borib qo'shilmoqchi.
Usmon Dembele "Barselona" tarkibiga 2017 yilning avgustida kelib qo'yilgan edi. Neymarning o'rinbosari sifatida ko'rilgan frantsuz yakunda ko'plab jarohatlar tufayli o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi. PSJ klubi esa futbolchini yozda katta ehtimol jamoadan ketadigan Mbappening o'rniga olib kelishni maqsad qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
325