"Real Madrid" Kurtua darvozasiga gol kiritgan futbolchini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195

Xabar qilinishicha, Madridning “Real” klubi "Atletik Bilbao"ning 30 million evrolik futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Ispaniyaning Defensa Central nashri xabariga ko'ra, Oyan Sansetga "Real Madrid" qiziqish bildirmoqda va futbolchini yozda jamoaga taklif qilmoqchi. Ispaniya grandi 21 yoshli yarim himoyachining o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Xozirda yosh iqtidor egasi 30 million evroga baxolangan.
Ushbu mavsum futbolchi La Ligada 16 o'yinda maydonga tushib, 4 gol va 3 assistni o'z hisobiga yozgan. Ta'qidlash lozimki, Sanset o'sha gollardan birini "Real Madrid" darvozasiga kiritgan.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335