Boks. Yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga Amman mezbonlik qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

27 fevral - 15 mart kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahri yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Bu haqida Osiyo boks konfederatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bellashuvlar ikki yosh toifasida, shuningdek yigitlar va qizlar o'rtasida o'tkaziladi.
Yoshlar o'rtasidagi bahslar 2004-2005, kattalar o'rtasidagi bellashuvlar esa 2006-2007 yillarda tug'ilgan bokschilar o'rtasida o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, ungacha 22 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 20-30 yanvar kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladi.
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
325