Messi PSJni tark etish haqida o'ylamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

PSJ hujumchisi Lionel Messi kelasi yozda klubini o'zgartirishi mumkin. Bu ma'lumot El Chiringuito telekanali tomonidan tarqatildi.
Manbaga ko'ra, Messi AQShga ko'chib o'tish haqida jiddiy o'ylamoqda. Leoga MLS Shimoliy Amerika ligasi "Inter Mayami"dan taklif bor.
Qo'shimcha qilamizki, Messining qaroriga uning yaqin do'sti Luis Suaresning "Atletiko Madrid" bilan shartnomasi tugashi arafasida turgan "Inter Mayami"ga o'tmoqchiligi ta'sir qilgan bo'lishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
321