“Gerta” futbolchisi A seriya klubiga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

“Gerta”ning 26 yoshli polshalik hujumchisi Kshishtof Pyontek tez orada “Fiorentina”ga ko'chib o'tishi o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ma'lum qildi.
Transfer sotib olish optsiyasi bilan ijara asosida amalga oshiriladi. Yaqin kunlarda futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Italiyaga etib boradi.
Qayd etilishicha, Pyontekning transferi “binafsharanglar”ning 21 yoshli serbiyalik hujumchisi Dushan Vlahovichning boshqa klubga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga aloqasi yo'q.
Eslatib o'tamiz, Pyontek 2020 yil yanvar oyida “Milan”dan 24 million evro evaziga “Gerta” futbolchisiga aylangan edi. U joriy mavsumda barcha turnirlarda 10 o'yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
262