Garet Beyl "Sautgempton"ga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beyl Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin. Futbolchi faoliyatini boshida o'ynagan "Sautgempton" uelslik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi El Nacional.
Manbaga ko'ra, Beyl o'zi tarbiyalanuvchisi bo'lgan "Sautgempton"ga qaytishga qarshi emas. Garetning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Qirollik klubi uelslik hujumchi bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi emas.
Joriy mavsumda Beyl Ispaniya chempionatida “Real” safida 3 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta gol urdi. Transfermarkt internet portali 32 yoshli futbolchini 5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263