Ispan grandi van de Bekni sotib olishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

Gollandiyalik yarimhimoyachi Donni van de Bek joriy mavsum oxirida “Manchester Yunayted”ni Ispaniyaga klubiga almashtirishi mumkin. “Todofichajes” nashrining ma'lum qilishicha, markaziy yarimhimoyachi xizmatlariga Madridning “Atletiko” klubi qiziqish bildirmoqda.
Van de Bekning “Old Trafford”da ishlari uncha yurishmadi va shu bois mankunianliklar futbolchining transferiga rozi bo'lishi mumkin. O'z navbatida Donni o'yin amaliyoti kamligi tufayli jamoani almashtirishga tayyor.
Madrid klubi van de Bekning salohiyatini yuqori baholashmoqda va uni ochib berishga harakat qilishadi. Transfer summasi 20-25 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
354