"Roma" futbolchisi yangi qonundan keyin emlanadigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

"Roma" futbolchisi Kris Smolling koronavirusga qarshi vaktsina olishni ma'qullaydi. Bu haqida "Roma" ustozi Joze Mourino ma'lum qildi. U shunday deydi:
"Aslini olganda bunday masalalar mutlaqo shaxsiy tanlov va futbolchilar o'z xavfsizliklarini o'ylashga haqqi bor. Jamoamizda bir nechta futbolchi o'tgan haftada kasallangan edi. Shu sabab vaktsina olishi lozim. Qoidalar bor, qonunlar bor. Italiya hukumati emlanish borasida qaror qabul qildi va biz buni hurmat qilishimiz kerak. Biz futbolchilarga aynan shu narsalarni tushuntirishga harakat qilmoqdamiz".
Smolling hali biror marta emlanmagan edi. Italiyadagi yangi qonundan keyin u ham vaktsina olishga rozi bo'lgan.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274