Ryudiger uchun kutilmagan da'vogar paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 316

"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger "Tottenxem"da o'ynashi mumkin. "Shporlar" sport direktori Fabio Paratichi o'z jamoasida nemis futbolchisini ko'rmoqchi, deya xabar beradi "Caught Offside".
Manbaga ko'ra, funtsioner Ryudigerni Antonio Konte bilan yana birlashtirmoqchi. 28 yoshli futbolchining shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi. U erkin agent sifatida “Tottenxem”ga o'tishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Ryudiger 2017 yildan beri "Chelsi" sharafini himoya qilib keladi. U bungacha "Roma" va "Shtutgart"da o'ynagan. 2014 yildan buyon Germaniya terma jamoasiga chaqirilmoqda. Transfermarkt portali himoyachini 35 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282