"Nyukasl" bu himoyachi uchun pul va o'z futbolchisini taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

"Everton"ning frantsiyalik himoyachisi Lukas Din faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishga yaqin turibdi.
"Sky Sports" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, "hakkalar" himoyachining transferini amalga oshirishga jiddiy bel bog'lagan. Ular Din uchun "Everton"ga 22,5 million funt va Shon Longstaffni taklif qildi. Hozircha mersisaydliklar ushbu taklifga javob bergani yo'q.
Avvalroq Lukas uchun kurashda "Nyukasl"dan tashqari "Chelsi" va "Vest Xem" borligi ma'lum qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265