Rossiya superklubi Gabigol bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Braziliyaning “Flamengo” klubi hujumchisi Gabrieel Barboza Rossiyaga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Darmesh Shet o'zining “Twitter” sahifasida ma'lum qildi.
Insayder xabariga ko'ra, 25 yoshli hujumchi uchun Angliyaning "Vest Xem", Rossiyaning "Zenit" va boshqa jamoalar ham da'vogarlik qilmoqda. "Vest Xem" Gabrielni 30 million evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi, qolgan da'vogarlar, jumladan "Zenit" esa futbolchini darhol sotib olishga tayyor.
2021 yilda Barboza barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda 29 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274