Polsha terma jamoasi a'zosi "Fiorentina"ga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

“Gerta” hujumchisi Kshishtof Pentek “Fiorentina” futbolchisiga aylanadi, deya xabar beradi italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio.
Manbaga ko'ra, transfer bo'yicha to'liq kelishuvga erishilgan. Shaxsiy shartnoma shartlari ham kelishib olingan. Transfer 15 million evro evaziga sotib olish sharti bilan bepul ijarani ichiga oladi.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchiga avvalroq uning sobiq jamoasi "Jenoa" qiziqish bildirgandi.
26 yoshli polyak joriy mavsumda “Gerta” safida 10 ta o'yin o'tkazdi. Unda bitta gol va bitta muvaffaqiyatli uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274