“Nyukasl” “arzon-garov” futbolchi qidirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Per-Emerik Obameyang va Darvin Nunes bilan o'tkazilgan muzokara muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so'ng “Nyukasl” rahbariyati jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun arzonroq variantlarni ko'rib chiqishga qaror qildi.
“Foot Mercato” nashri xabariga ko'ra, “qarg'alar” “Lion” hujumchisi Mussa Dembelega qiziqish bildirmoqda. O'tgan yili “Atletiko” ijara muddatini uzaytirishdan bosh tortganidan so'ng, frantsiyalik futbolchi uzoq vaqtdan beri klubini o'zgartirishga urinib kelmoqda.
Qolaversa, mavsum yakunida Dembelening shartnomasi ham tugaydi. Futbolchi joriy Liga 1da 11 o'yinda 4 ta gol urgan 25 yoshli hujumchining bozor qiymati 17 million evroga teng.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277