Messi “Lion”ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Yaqinda PSJ etakchisi Lionel Messi koronavirus bilan kasallangani malum bo'ldi. Biroq, bir necha kundan keyin argentinalik futbolchi topshirgan testi salbiy natija ko'rsatdi.
Shundan so'ng, Leo tezroq jamoadoshlariga qo'shilish uchun shaxsiy samolyotda zudlik bilan Parijga qaytib keldi. Parij klubi matbuot xizmati futbolchining yaqin vaqt ichida asosiy mashg'ulot guruhiga qaytishini malum qildi.
Shuningdek, “Foot Mercato” nashrining ta'kidlashicha, Messi tezda optimal jismoniy holatga ega bo'lishni va 9 yanvarga belgilangan “Lion”ga qarshi bahsda ishtirok etishni xohlaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349