Ispaniya kubogi. "Barselona" qiyinchilik bilan "Linares"ni mag'lub qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Ispaniya kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan "Linares" – "Barselona" uchrashuvi yakuniga etdi. Bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.
"Linares" safida Xugo Dias hisobni ochgan bo'lsa, bu golga "ko'k-anorranglilar" safida Usmon Dembele va Ferran Yutgla javob qaytardi. Uchrashuv yakuniga qadar tablodagi natija o'zgarmadi – 2:1.
Ma'lumot uchun, mamlakat kubogi 1/8 finaliga qur'a tashlash marosimi 7 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Ispaniya kubogi, 1/16 final.
"Linares" – "Barselona" – 1:2
Gollar: Xugo Dias, 19 (1:0). Dembele, 63 (1:1). Yutgla, 69 (1:2)
Barselona: Neto, Jordi Alba, Garsiya, Arauxo (Pike, 46), Mingesa, Puch (Sans, 74), Buskets, Dani Alves, Yutgla, Axomax (Dembele, 46), Gonsales
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
338