Azmun barcha mish-mishlarni rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubining eronlik hujumchisi Serdar Azmun “Lion”ga o'tishga rozi bo'lgani haqidagi ma'lumotni rad etdi.
“So'nggi paytlarda OAVda yolg'on ma'lumotlar paydo bo'lmoqda. Menga qaysi klublar qiziqayotganini ayta olardim, lekin ular meni shunday tushunmasliklari mumkin. Onam Frantsiyadan menga uy qidirmagan, bu haqiqat emas. O'sha paytda u Eronda edi”, - deydi Azmun “Mehr News” nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Azmunning “Zenit” bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Shunday qilib, olti oydan so'ng u klubdan tekinga ketishi mumkin. Forvardga “Lion”, “Inter” va “Nyukasl” klublari qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Azmun “Zenit” safida barcha turnirlarda 21 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
344