O'zbek futbolidagi transferlarga oid eng so'nggi yangiliklar bir sahifada
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

Bugun o'zbek futboli atrofida bir qator yulduzli transferlar amalga oshirildi. Quyida bugun amalga oshirilgan jamoalardagi yangiliklar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
– AGMK Xurshid G'iyosov va Anzur Ismoilovni o'z safiga qo'shib oldi. Shuningdek, jamoa Sardor Rahmonov bilan shartnomani uzaytirdi;
– “Lokomotiv” himoyachi Alisher Salimov bilan bitim imzoladi. Kecha jamoa Muhammadanas Hasanovni o'z safiga qo'shib olgandi;
– Hujumchi Andrey Sidorov “Navbahor” a'zosiga aylandi. Xurshid Muxtorov ham namanganliklar safiga qaytgan;
– “Paxtakor” o'tgan mavsum “Bunyodkor”da harakat qilgan Mirjahon Mirahmadov transferini e'lon qildi;
– “Neftchi” Lutfulla To'raev va Sunnatulla Abdullajonovni o'z safiga qo'shib oldi;
– “Dinamo” Jasur Hasanov, Obid Jo'raboev, Sardor Eminov, Ro'zimboy Ahmedov, Islom Sharipov, G'olib Sariboev, Oleg Marchuk, Dmitro Sidorenko, Siroj Meliev, Temur Hakimov va Temur Usmonov kabi futbolchilari bilan xayrlashdi;
– “Qo'qon-1912” Quvondiq Ro'ziev qaytganini e'lon qildi. Suhrob Berdiev esa qo'qonliklar jamoasini tark etdi.
Manba: Telegram.me/Futgol_uz
Bosh sahifaga
342