Qishning shu kungacha amalga oshgan eng qiziq transferlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 242

Biz Evropada qishki transfer oynasi ochilgandan keyin amalga oshirilgan transferlarni ko'rib chiqyapmiz. Hozircha "bomba" transfer bo'lganicha yo'q, ular yanvar oyi oxiriga borib amalga oshish ehtimoli yuqori. Biroq, "Barselona" allaqachon bitta qimmat xaridni amalga oshirdi. Va bu jiddiy moliyaviy muammolar va qarzlar fonida! 2022 yil amalga oshirilgan transferlarni ko'rib chiqishni boshlaymiz.
Ferran Torres, "Manchester Siti"dan "Barselona"ga
"Barsa" prezidenti Joan Laporta jamoadagi birinchi oylarida Xavini juda qo'llab-quvvatladi. Shu jumladan transferlar borasida ham. Kataloniya klubi Torresni 55 million evro va bonuslar sifatida 10 million evro evaziga sotib olishga rozi bo'ldi. Yosh murabbiy bundan mamnun, chunki Ferran birdaniga hujumda uchta pozisiyani yopishga qodir. Biroq, shunga yarasha uchta muammo ham mavjud. Birinchidan, yangi kelganni ro'yxatdan o'tkazish uchun ish haqi to'lovi masalasini hal qilish kerak kimdandir qutulish). Ikkinchidan, Torres jarohatidan tuzalib, koronavirus bilan yuqtirib ollgan. Qolaversa, Usmon Dembele yozda tugaydigan shartnoma muddatini uzaytirmoqchi bo'lgan va raqobatchi kelganidan hafsalasi pir bo'lgan.
Vitaliy Mikolenko, "Dinamo Kiev"dan "Everton"ga

Mikolenko "Everton"ga chap qanot himoyachisi uchun juda katta summa - 23,5 million evro evaziga o'tdi. “Dinamo” o'z tarbiyalanuvchisining transferidan xursand bo'lishi kerak, lekin Vitaliyning Premer-ligada o'ynab keta olishiga shubhalar yo'q emas. “Ota-onam, yoqtirgan qizim bu menga filmdagi kabi ekanligini aytishdi. Va hamma narsa kelishib bo'lgach, men mashinaga o'tirdim va yig'lab yubordim. Uyga qaytishim uchun 40 daqiqa kerak bo'ladi va men uning 30 daqiqasini yig'lab o'tkazdim. Tuyg'ularni tushuntirish qiyin - men juda xursand bo'ldim va shu bilan birga juda qo'rqardim ", - deb tan oldi Mikolenko kievliklarning rasmiy veb-saytiga bergan intervyusida.
Rikardo Pepi, “Dallas”dan “Augsburg”ga

Qishki transferlar bo'yicha uchinchi eng qimmat transfer bu "Augsburg" siz deyarli eshitmagan futbolchini sotib olgani. MLSdagi 18 yoshli yigit uchun Germaniya chempionatining 15-o'rnida borayotagn jamoa 18 million dollar to'ladi. Ammo “Dallas” forvardi bunga arziydi deyishadi. U baland bo'yli, tezkor, chaqqon va ko'p qirrali hujumchi. O'tgan mavsumda MLSda 31 o'yinda 13 ta gol urdi va AQSh terma jamoasida muvaffaqiyatli debyut qildi. Umuman olganda, “Augsburg” kelajakda Pepini ancha yuqori narxda qayta sotish uchun yaxshi imkoniyatga ega.
Jonatan Ikone, "Lill"dan "Fiorentina"ga

“Fiorentina” ham hujumni kuchaytirib, chempionatda jon saqlab qolish uchun kurashni unutib, yangi mavsumda evrokuboklar uchun kurashga qo'shilmoqda. To'g'ri, Ikoneni Dushan Vlaxovich o'rnini bosgan roli uchun Aleksandr Kokorinning raqibi deb atash qiyin. "Lill"dan yangi kelgan o'ng qanot himoyachisi yoki hujumchi orti pozitsiya uchun qo'shimcha variant. "Lill" tarkibida Ikone juda kuchli o'yin ko'rsatmagan. 150 o'yinda 16 + 27. Shunga qaramay, Florensiya klubi 23 yoshli frantsuz uchun 14 million evro to'lagan.
Mikael Kyuizans, "Bavariya"dan "Venetsiya"ga

"Bavariya" futbolchisi Moskvaning TsSKAsiga o'tishga yaqin edi. Bundesliga chempioniga moskvaliklardan va “Venetsiya” klubidan qiziqish bo'lgan. Qaysidir pallada 22 yoshli frantsuz uchun kurashda aynan Moskva klubi etakchilik qilayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Shunga qaramay, Mikael Italiyaga jo'nab ketdi. “Venetsiya” markaziy yarim himoyachi uchun 4 million evro to'ladi.Futbolchi "Bavariya" asosiy tarkibida 13 o'yinda ikkita gol urdi va ikkita golli uzatma amalga oshirgan.
Kostas Manolas, “Napoli”dan “Olimpiakos”ga

Manolasning o'yini kutilmaganda juda pastlab ketdi. Yaqingacha u A Seriyaning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biri deb atalardi, "Zenit"ga Roberto Manchini tayinlanganidan keyin unga 30 million evro taklif qilindi, lekin "Napoli" uni "Roma"dan 36 million evroga sotib oldi. Va keyin birdaniga yurtiga qaytarib yubordi. Atiga 2,5 million evro evaziga. Bu mavsumda Kostas "Napoli" bazasidagi o'rnini yo'qotdi va so'nggi yillardagi jarohatlar uni ta'qib qila boshladi. Manolas o'yinlarni o'tkazib yubordi.
Rafinya, “PSJ”dan “Real Sosedad”ga
"Barselona" tarbiyalanuvchisi, Mazinyoning o'g'li va Tiago Alkantaraning ukasi. Shunday qilib, Rafinya “PSJ”da ortiqcha o'yinchiga aylandi. Parij klubida bir yarim yil davomida hujumkor yarim himoyachi 39 uchrashuvda atigi 7 golli uzatmani amalga oshirgan. Endi u "Barsa" va "Selta"da o'ynagan Ispaniyaga qaytmoqda. “Real Sosedad” Rafinoni joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Shubhasiz, basklar 28 yoshli futbolchini yozda sotib olishsa, “PSJ” bundan xursand bo'ladi, uning shartnomasi 2023 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.
Ruslan Maksimov tayyorladi.

Bosh sahifaga
326