Eldor Shomurodovning narxi arzonlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

Transfermarkt portali Italiya «A» seriyasida to'p surayotgan futbolchilar transfer bahosini ham yangilab chiqdi. Italiya chempionati vakillari orasida narxi keskin ko'tarilganlar futbolchilar ro'yxatida «Fiorentina» etakchisi Dushan Vlaxovich etakchi.
Serbiyalik hujumchining transfer qiymatiga 20 million evro qo'shildi (hozirgi summa - 70 million evro). «A» seriyaning transfer bahosi bo'yicha eng ko'p yo'qotgan futbolchilariga kelsak, «Napoli» hujumchisi Lorentso Insene -13 million evro (hozirgi summa - 35 million evro) bilan 1-o'rinda.
Avvalgi reytingda eng qimmatlashgan futbolchilar qatoriga kirgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov (transfer summasi 7 milliondan 14 million evroga ko'tarilgandi) bu safar narxi arzonlashganlar ro'yxatida qayd etildi. U baho bo'yicha 2 «limon» yo'qotdi. Ayni payt «Roma»dagi legionerimizning transfer summasi 12 million evroga teng.
Umuman olganda, transfermarkt portali MDH hududidan chiqqan futbolchilarning transferidagi o'zgarishlarga alohida e'tibor qaratdi. Chunonchi, Eldordan tashqari, armanistonlik Genrix Mxitaryan («Roma»), rossiyalik Aleksey Miranchuk («Atalanta»), ukrainalik Viktor Kovalenko («Spetsiya») va rossiyalik Aleksandr Kokorin («Fiorentina») ham transfer narxi bo'yicha pasayishdi. Faqat «Atalanta»ning 14ta o'yinida 4ta gol urgan ukrainalik Ruslan Malinovskiyning bahosi o'zgarmadi - 30 million evro.

Bosh sahifaga
340