“Barsa” futbolchisini sotib oladigan mard topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 288

“Barselona” himoyachisi Samuel Umtiti faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. “Daily Mail” nashri xabariga ko'ra, “ko'k-anorranglilar” rahbariyati “Nyukasl”ga frantsiyalik futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ushbu mavsum oxirigacha ijaraga olishni taklif qildi.
Avvalroq OAVda markaziy himoyachi qishki transfer oynasida “Nyukasl”ning asosiy transfer maqsadi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Marca” nashrining yozishicha, ingliz klubi Samuel uchun 20 million evro taklif qilishga tayyor.
28 yoshli Umtiti joriy mavsumda Ispaniya chempionatining bitta uchrashuvida ishtirok etdi. Futbolchi “Barselona”da 2016 yildan beri o'ynab kelmoqda. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Transtermarkt portaliga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 2 million evroni tashkil qiladi

Bosh sahifaga
340