“Bavariya”da koronavirusga chalinganlar soni ortmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

“Bavariya”da koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etishda davom etmoqda. Bugun Myunxen klubi matbuot xizmati himoyachi Alfonso Devisda COVID-19 aniqlangani haqida jamoatchilikni xabardor qildi. Kanadalik futbolchi izolyatsiyaga olingan.
Ayni paytda nemis OAVlari “Bavariya” koronavirus tarqalishi sababli navbatdagi o'yinni boshqa muddatga qoldirishga harakat qilmoqda. 7 yanvar, juma kuni myunxenliklar o'z maydonida Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasini qabul qiladi.
Birinchi davradan so'ng “Bavariya” ishonchli tarzda Bundesligadagi eng yaqin ta'qibchisidan 9 ochko oldinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339