"Barselona" hujumchisi ushbu transferga qarshilik qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328

"Barselona"da ijara asosida harakat qilayotgan "Sevilya" hujumchisi Lyuk de Yong "Kadis"ga o'tmaydi, deya xabar beradi "Estadio Deportivo".
Manba bergan xabarga ko'ra, uchala klub 31 yoshli niderlandiyalik hujumchining ijara asosida mavsumni "Kadis"da yakunlashiga kelishib olgan bo'lsa-da, futbolchining o'zi bu transferga jiddiy qarshilik ko'rsatgan.
Qayd etilishicha, de Yong atrofidagilar “Beshiktosh” va Turkiyaning boshqa klublari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Forvard joriy mavsum “Barselona” safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
375