Kloppning yordamchisida ham koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning yordamchisi Pep Laynders koronavirusga chalindi, deb xabar beradi ingliz klubi rasmiy sayti.
Layndersning kasalligi tufayli 6 yanvar kuni Angliya Ligasi 1/2 kubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumani bekor qilindi.
"Liverpul" murabbiyning betobligi "o'yinga tayyorgarlik ko'rishga yanada ta'sir qilganini" aytdi va uchrashuvni keyinga qoldirish haqidagi iltimoslarini ham eslatib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, 1 yanvar kuni Klopp koronavirus uchun ijobiy testdan o'tgan edi. Shu sababli murabbiy Angliya chempionati 21-turidan o'rin olgan "Chelsi" bilan o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
374