"Navbahor" futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

Xabaringiz bor, “Navbahor” a'zolari ayni paytda mamlakatimiz poytaxti Toshkentda mashg'ulot o'tkazishmoqda.
Jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilari bugungi mashg'ulot hamda ertangi Turkiya safari oldidan bugun ertalab tibbiy ko'rikdan o'tishdi.
Eslatib o'tamiz, “lochinlar” ertaga navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketishadi.
Antaliyadagi yig'inda tarkibga yangi futbolchilarning qo'shilishi, shuningdek, bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
411