«Tottenxem»ga qarshi bahsni «Chelsi»ning naq 7 nafar futbolchisi o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

«Chelsi»da kadrlar muammosi bo'yicha jiddiy holat kuzatilmoqda.
Unga ko'ra, londonliklarning naq etti nafar futbolchisi «Tottenxem»ga qarshi bahsni o'tkazib yuborish xavfi ostida.
Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Tottenxem»ga qarshi Timo Verner, Ris Jeyms, Andreas Kristensen, Ben Chiluell va Eduar Mendilarning maydonga tusha olmasliklari haqida aytib o'tgan.
Ruben Loftus-Chik va Timoti Chalobaning esa maydonga tushishi so'roq ostida.
«Chelsi» va «Tottenxem» o'rtasidagi Angliya Liga kubogi yarim finali 5 yanvar, chorshanba kuni Moskva vaqti bilan 22:45 da bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
421