“Jenoa” himoyachisi ham “Toronto”ga yo'l olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

“Jenoa” a'zosi Domeniko Krishito faoliyatini MLSda davom ettiradi.
“Toronto” 34 yoshli italiyalik himoyachi bilan kelishuvga erishdi.
Avvalroq, mazkur klub “Napoli” forvardi Lorentso Insineni transfer qilishi aniq bo'lgandi. U yozda “Toronto”ga o'tadi va bitimga ko'ra, jamoada yiliga bonuslar bilan birga 15,5 mln evro ishlab topadi. Qayd etilishicha, Krishito va Insinening agenti Andrea D'Amiko hisoblanadi.
Domeniko Krishito joriy mavsum genuyaliklar safida 16 o'yinda qatnashib, 6+1 natija ko'rsatib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
429