Suhrob Berdiev «Qo'qon-1912»dagi faoliyatini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Qo'qonlik futbol muxlislarining sevimli futbolchilaridan biri bo'lgan Suhrob Berdievning jamoa bilan tuzgan shartnomasi yakunlanganligi sababli, futbolchi jamoani tark etdi. 2016 yilgi futbol mavsumida "Qo'qon-1912" jamoasi safiga kelib qo'shilgan Berdiev o'zining ajoyib fintlari, betakror uzatmalari hamda chiroyli gollari bilan qo'qonlik muxlislarning qalblaridan chuqur joy egalladi.
"O'tgan yillar davomida Qo'qon o'z uyimdagidek bo'lib qolgan edi. Bu jamoa va uning muxlislari bir umr qalbimda qoladi. Faoliyatim davomida meni qo'llab turgan , jarohat olib maydonda ko'rinmay qolgan paytlarimda ham meni unutmagan muxlislarimdan cheksiz minnatdorman. Qo'qonlik muxlislarga katta rahmat aytaman. Jamoaga kelayotgan mavsumda omad tilayman", — deydi Suhrob Berdiev.

Bosh sahifaga
339