"Nyukasl" "Atletiko" himoyachisi uchun qancha to'lashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

"Nyukasl" "Atletiko" bilan himoyachi Kiran Tripperni transfer qilish borasida kelishib oldi.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, ingliz klubi "matraschilar"ga transfer uchun taxminan 12 million funt sterling va qo'shimcha bonuslar to'laydi.
Angliyalik futbolchi "Nyukasl"ning Saudiya Arabistoni sarmoyadorlari tomonidan sotib olinganidan keyin birinchi yangi futbolchisi bo'ladi.
Tripper joriy mavsumda barcha turnirlarda 18 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334