"Milan" Evropa chempioni bilan muzokara o'tkazmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

"Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanches faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. "Calciomercato" xabariga ko'ra, "rossonerilar" 24 yoshli portugaliyalik bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq, Sanchesga "Arsenal"dan ham qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Transfermarkt futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.
Sanches joriy mavsumda barcha turnirlarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Amaldagi shartnoma 2023 yilgacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340