«Barsa» qanday holatda Torresni ro'yxatdan o'tkazishi mumkinligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 202

«Barselona» klubi «Manchester Siti»dan hujumchi Ferran Torresni 55 million evroga sotib oldi. Klub buncha pulni birdan to'lay olmaydi. «Barsa» sport direktori Alemani "shaharliklar" bilan ushbu transfer borasida qulay shartlar asosida kelishuvga erishgan. Ya'ni, "ko'k-anorranglilar" Ferranning transfer pulini 4 yil davomida to'lab borishadi. Dastlabki to'lov esa 2022 yilning yozida amalga oshiriladi.
«Barsa» hozirda Torresni La ligada registratsiyadan o'tkazish bo'yicha muammoga duch kelmoqda. Chunki, La liga o'yinchilarga to'lanadigan maosh borasida cheklov o'rnatgan. Ispaniyalik futbolchini ro'yxatdan o'tkazish uchun esa jamoa xarajatlar bilan byudjetini tozalashi kerak. Buning uchun jamoa o'yinchilardan birini sotishi yoki o'yinchilar bilan maoshni kamaytirish borasida kelishishi lozim.
Jamoani tark etish uchun asosiy nomzod — Usmon Dembele. Frantsiyalik futbolchi yangi shartnoma borasida yuqori maosh talab qilmoqda. Bu esa "Barsa"ni aslo qoniqtirmaydi. Diario Sport xabar tarqatishicha, Dembele va uning agentlariga Torresning transferi yoqmadi. Boisi, futbolchilar bir pozitsiyada to'p tepishadi. Bundan tashqari, rahbariyat Dembeladan maoshni kamaytirishni talab qilgan holda Torres bilan shartnoma imzolagani, Morata va Xoland bilan muzokara olib borayotgani ularni hayron qoldirmoqda.

Bosh sahifaga
330