"Inter" himoyachi sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Myonxengadbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Rami Bensebaini faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Jurnalist Janluka Di Martsio xabariga ko'ra, "Inter" jazoirlik futbolchini bir necha oydan beri kuzatib kelmoqda.
26 yoshli jazoirlik futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 22 million evroga baholamoqda.
Bensebaini joriy mavsumda barcha turnirlarda 12 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340