Masharipovga Evropa klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 223

O'zbekiston terma jamoasi va "Al-Nassr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
SPORTS.uz saytining xabar berishicha, futbolchi xizmatiga Istanbulning "Bashakshexir" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, qishki transfer vaqtida Masharipov turk klubiga ko'chib o'tishi mumkin.
Avvalroq, vingerga BAA va Saudiya Arabistoni jamoalaridan ham takliflar borligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ayni damda "Bashakshexir" jamoasi Turkiya chempionatida 19-turdan so'ng 33 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.
Manba: www.sports.uz
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340