“Arsenal” hujumchisiga APLning ikki klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

“Arsenal” hujumchisi Edvard Nketiya yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida klubini o'zgartirishi mumkin. 22 yoshli hujumchi xizmatlariga Premer-liganing ikki klubi “Brayton” va “Kristal Pelas” qiziqish bildirmoqda.
Yaqinda Mikel Artetaning Nketiyani qo'yib yuborishni istamasligi haqida aytgan so'zlariga qaramay, futbolchining o'zi klubdagi holatidan qoniqmayapti. Shu bois forvard jamoani tark etib, unga ko'proq o'yin amaliyoti beradigan klub safiga o'tishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, 2021 yilning yozida futbolchi uchun aynan “Brayton” va “Kristal Pelas” kurash olib borishgan, ammo keyin kelishuv amalga oshmagan. Joriy mavsumda Nketiya “Arsenal” safida Premer-ligada bor yo'g'i 3 ta o'yinda maydonga tushdi.

Bosh sahifaga
334