“Milan” “Tottenxem”ning taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

Italiyaning “Milan” klubi Londonning “Tottenxem” klubining Frank Kessini Tangi Ndombelega almashtirish borasidagi taklifini rad etdi. “Il Corriere della Sera” nashri xabariga ko'ra, “rossonerilar” o'z futbolchisini jamoa bilan shartnomasi kelasi yil yozida tugasa ham qo'yib yubormoqchi emas.
Qolaversa, Tangi Ndombelening yillik maoshi 10 million evroni tashkil qiladi va “Milan” futbolchiga bunday pul to'lashga tayyor emas.
Kessi joriy mavsum A seriyada 16 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. Ndombelega kelsak, yarimhimoyachi APLning joriy mavsumida 9 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340