“Yuventus” allaqachon Morataga o'rinbosar topib qo'ygan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

Dekabr oyida qoidalardagi intizomlarga rioya qilmaslik tufayli bosh murabbiy Mikel Arteta tomonidan sardorlik bog'ichidan mahrum qilingan “Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyang yanvarda «kanonirlar»ni tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda “Sky Sports” nashri.
“Arsenal” gabonlik futbolchisiz o'tkazilgan olti o'yinning beshtasida g'alaba qozongan, bittasida durang qayd etgan.
Turinning “Yuventus” klubi forvardning qishki transferiga qiziqmoqda, u Alvaro Morata ketgan taqdirda uning o'rniga Obameyangni nomzod sifatida ko'rmoqda.
Obameyang - haftasiga 415 ming evro maosh oladi va u “Arsenal”ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Shuningdek, futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
375