"Liverpul" yosh iqtidor uchun 45 million evro to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

Premer liga etakchilaridan biri "Liverpul" "Vilyarreal" yulduzi Arno Danjuma uchun bir necha million evrolik transfer taklifini tayyorlamoqda.
Fichajes malumotiga ko'ra, Premer liga giganti "Liverpul" Ispaniya chempionatida yaxshi taassurot qoldirishda davom etayotgan gollandiyalik vinger Arnaut Danjumani qo'lga kiritish uchun naqd pul sarflashga tayyor.
24 yoshli futbolchi o'tgan yozda Angliya ikkinchi divizioni vakili "Bornmut"dan "Vilyarreal"ga o'tgan edi. Danjuma joriy mavsumda “sariq suvosti kemasi” tarkibida 18 marta maydonga tushib, to'qqiz marta gol urgan va yana uchta golga assistentlik qilgan.
Uning o'yinlari e'tibordan chetda qolmadi va "Liverpul" voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ayni damda "qizillar" Danjuma xizmatlari uchun 45 million evrolik katta taklif tayyorlamoqda, chunki ular yanvar oyidayoq 24 yoshli futbolchini sotib olishni rejalashtirgan.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
365