Anchelotti ikki futbolchining o'yinidan mamnun emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning ikki hujumchisini so'nggi ko'rsatgan o'yinlaridan ko'ngli to'lmadi.
Ispaniyaning "AS" nashri xabar berishicha, mutaxassis o'ng qanot vingerlari Marko Asensio va Rodrigoning harakatlari yoqmayapti. Jamoa iloji bo'lsa, qishki transferlar vaqtida ushbu pozitsiyasiyaga futbolchi xarid qilishi mumkin. Hozircha Anchelottining short-listidan o'rin oligan o'yinchilar nomi ma'lum emas.
Avvalroq "Real" qishda Mbappeni sotib olish uchun PSJga 50 million evro taklif qilgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
373