"Real" Mbappe uchun nimalarni tayyorlab qo'ygani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

"Pari Sen-Jermen"ning frantsiyalik hujumchisi Kilian Mbappe katta ehtimol bilan yozda "Real Madrid" futbolchisiga aylanadi.
"IBS" nashri klub va futbolchi o'rtasidagi ayrim kelishuvlarni oshkor qildi. Unga ko'ra, Mbappe "qirollik klubi" bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Shuningdek, uning "Real"dagi maoshi yiliga 21 million evroni tashkil qilishi ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, futbolchining agenti va oilasi 40 million evro miqdorida bonus puli olishadi.
Avvalroq "Real" qishda Mbappeni sotib olish uchun PSJga 50 million evro taklif qilgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
365