Dembele uchun kutilgan taklif keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

“Barselona” vingeri Usmon Dembele o'ziga yangi ish izlashga kirishdi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan. Avvalroq, frantsiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasi vakillari bilan muzokara boshlashdan avval PSJdan taklif bo'lishini kutish niyatida ekani xabar qilingandi.
Ispaniyaning “Mundo Deportivo” nashri xabariga ko'ra, parijliklar haqiqatdan ham futbolchi uchun shartnoma tayyorlab qo'yishgan. PSJ rahbariyatini Dembelening yoshligi va uning Frantsiya fuqaroligi o'ziga jalb qilmoqda, bu esa Chempionlar ligasiga katta yordam beradi.
Eslatib o'tamiz, “Nyukasl”, “Manchester Yunayted” va “Yuventus” ham futbolchi uchun raqobatlashishga harakat qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
369