Xoland Mbappe bilan bir jamoada to'p surish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland «Real»ga o'tishni maqsadga muvofiq emas degan fikrga kelganligi borasida Cuatro nashri xabar tarqatmoqda.
Norvegiyalik futbolchi yangi o'tadigan klubida ham etakchi bo'lish niyatida va shuning uchun hozirda "PSJ"da to'p surayotgan Kilian Mbappe bilan bir klubda o'ynamaslik afzal ko'rmoqda. Avvalroq xabar berilganidek, Mbappening yozda «Real»ga o'tishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, «Barselona» prezidenti Joan Laporta hujumchining otasi Alf-Inge Xoland va agenti Mino Rayolalar bilan suhbatda, agar Erling va Kilianlar "Barselona" va "Real" klublarida bir-birlariga qarshi o'ynashsa, ular o'rtasidagi qarama-qarshilik davrlarga aylanishi mumkinligi aytgandi.

Bosh sahifaga
368