Eriksen: "Men besh daqiqaga o'lgan edim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen faoliyatini davom ettirishga hozirlik ko'rmoqda va Shveytsariyada mashg'ulot o'tkazmoqda. Evro-2020da Finlyandiya bilan o'yin voqealaridan keyin Eriksen hali maydonga tushmadi, chunki Italiyada implantatsiya qilingan defibrilator bilan o'ynash mumkin emas. Bundan tashqari, “Inter” futbolchi bilan shartnomani bekor qildi.
"G'alati holat. Menga gul jo'natishadi, deb o'ylamagandim, chunki men besh daqiqa o'lib qoldim. G'ayrioddiy, ammo yoqimli harakatlar", - deydi futbolchi.
"Hali ham menga yozishadi. Men shaxsan uchrashgan har bir kishiga minnatdorchilik bildiraman, shifokorlar, sheriklar va ularning oilalaridan minnatdorman. Minglab maktublar va guldastalar yuborgan muxlislarga, Italiya va Daniya ko'chalarida meni kutib olganlarga rahmat aytaman. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat", - qo'shimcha qildi Eriksen.

Bosh sahifaga
368