APL klubini serbiyalik ishbilarmon sotib olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

«Sautgempton» xo'jayini Gao Chjishen klubning 80 foiz aktsiyasini 100 million funtga sotib bo'yicha muzokaralarni olib bormoqda.
The Telegraph nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, qimmatli qog'ozlarning nazorat paketi mintaqadagi yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri United Group asoschisi serbiyalik Dragan Solakning sarmoya guruhiga o'tadi.
Muzokaralar so'nggi bosqichda turibdi va kelishuv yaqin vaqt ichida rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Klub direktori sifatida o'tgan oyda «Brentford» sport direktorligini tark etgan Rasmus Ankersen tayinlanadi.
Gao Chjishen «Sautgempton»ga 2017 yilning avgust oyidan beri egalik qilib kelmoqda. Xitoylik ishbilarmon qo'l ostida jamoa APL 17, 16, 11 va 15-o'rinlarni egalladi. Ayni paytda esa jamoa turnir jadvalining 14-pog'onasida bormoqda.

Bosh sahifaga
321